"Andijon" Superliga yetakchilarining "kushandasi"mi?

Iskandarov Abdulaziz
23 sen 2023, 23:10
Bugungi vodiy derbisidan oldin jamoalarning tarkibidan kelib chiqib aytganda "Navbahor"da ustunlik bor edi.

Ammo deydigan tomoni shuki, "Andijon"ning bu g'alabasini shunchaki tasodif, deyish xato hisoblanadi. Aleksandr Xomyakov shogirdlari mavsum boshidan buyon Superliga yetakchilaridan ochko olishni uddalab kelmoqda. "Burgutlar" mazkur uchrashuvlarda jami 9 ochko jamg'ardi. 

"Nasaf" - "Andijon" 0:1

"Paxtakor" - "Andijon" 1:1

"Andijon" - "Nasaf" 0:0

"Neftchi" - "Andijon" 0:0

"Andijon" - "Navbahor" 2:1

OKMK va "Paxtakor" oktyabr oyida Andijonga kelishini hisobga olsak, bu hali hammasi emasligini aytishimiz mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia