

Ispaniyaning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Superligasi loyihasi futbolga foyda keltirishiga ishonmoqda.
"Bu qaror futbol uchun muhim. Bazi klublar bunga ishonchi komil emas, lekin menimcha, bu hamma uchun ijobiy bo'lishi mumkin. Monopoliya bo'lmasligining o'zi ijobiy jihat. Bu yaxshi yoki yo'qligini vaqt ko'rsatadi", – dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, Yevropaning ko'plab yetakchi klublari Yevropa Superligasi loyihasidan voz kechishgan.


