Anchelotti Superligani qo'llab-quvvatlamoqda

Sherzod Nurmatov
23 dek 2023, 11:16
"Real" bosh murabbiyi bu loyiha futbolga foyda keltirishiga ishonyapti.

Ispaniyaning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Superligasi loyihasi futbolga foyda keltirishiga ishonmoqda.

"Bu qaror futbol uchun muhim. Bazi klublar bunga ishonchi komil emas, lekin menimcha, bu hamma uchun ijobiy bo'lishi mumkin. Monopoliya bo'lmasligining o'zi ijobiy jihat. Bu yaxshi yoki yo'qligini vaqt ko'rsatadi", – dedi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, Yevropaning ko'plab yetakchi klublari Yevropa Superligasi loyihasidan voz kechishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano