Anchelotti mavsum yakunlanmasdan ishdan olinishi mumkin

Khoja
18 apr 2025, 10:47
Real Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shu oyning so'nggiga qadar ishdan ketishi mumkin.

Agar italiyalik mutaxassis Ispaniya kubogi finalida Barselonaga mag'lub bo'lsa, iste'foga chiqariladi.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2021 yildan beri qirollik klubini boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.

Avvalroq Real Yurgen Klopp bilan muzokara boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com