

"Bu juda muhim o'yin. "Leyptsig" mavsum boshini yaxshi o'tkazmadi, ammo o'tgan haftada "Borussiya"ni mag'lub etdi (3:0). Ularda ajoyib jamoa bor, futbolchilari texnikasi yuqori va tezkor. G'alaba uchun juda yaxshi o'ynashimiz kerak. "Leyptsig"ning hujum chizig'i juda xavfli. Nkunku ajoyib futbolchi. O'tgan mavsumda u namoyish etgan o'yinlariga qarang!", – dedi Anchelotti UEFA rasmiy saytiga.




