Anchelotti "Everton" xarid qilishi kerak bo'lgan ikki futbolchini aniqlab oldi

Alisher
23 dek 2019, 12:40
Karlo Anchelotti "Everton"ning hozirgi tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirmoqchi.

Murabbiy "Napoli"dagi ikki futbolchiga qiziqayotganligini rahbariyatga ma'lum qildi.

Anchelotti "Everton"da himoyachi Kalidu Kulibali va yarim himoyachi Pyotr Zelinskiylarni ko'rishni xohlamoqda.

Bu ikki futbolchi "Napoli" bilan shartnomaga ega va kichik pul evaziga jamoadan ketishmaydi.

Oldinroq, Kulibaliga bir necha Yevropaning top-klublari qiziqayotgan edi, hozir esa qiziquvchilar mavsumning dastlabki qismiga qaraganda kam.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it