

Eslatib o'tamiz, LaLiganing 11-turi doirasida 28 oktyabr kuni bo'ladigan bahsni Xesus Xil Mansano boshqarib boradi.
"U ayni damda Yevropaning eng yuqori baholanayotgan hakami bo'lib turibdi. Uni yaxshi bilaman. Ushbu hakamning barcha jihatlari ertangi o'yin uchun juda mos", - dedi Anchelotti.



