

ESPN Brasil nashrining takidlashicha, "Real Madrid" bosh murabbiyi Braziliya futbol federatsiyasiga terma jamoa bilan ishlashga rozi bo'lgan.
Tomonlar uch yillik shartnoma tafsilotlarini muhokama qilishmoqda. Bitim 2023 yilning iyul oyidan kuchga kirishi va jahon chempionati o'tkaziladigan 2026 yilning avgustigacha amal qilishi kutilmoqda.
Anchelotti hozircha hech qanday hujjat imzolamagan, faqatgina tomonlar kelishuvga erishgan, biroq tomonlar buni oshkora e'lon qilmoqchi emas, sababi italiyalik murabbiyning "Real" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanmagan.
"Real Madrid"ning braziliyalik futbolchilari Vinisius Junior, Rodrigo Goes va Eder Militao vaziyatdan xabardor. Ular Anchelottining klubdan ketayotganidan afsusda, lekin terma jamoaga kelishidan mamnun.

