Anchelotti: "Barchamiz haqoratlardan charchadik"

Mirjalol Normatov
23 may 2023, 22:33
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya futbolida futbolchilarga nisbatan haqoratlar ko'payib ketayotgani haqida gapirdi.

"Barchamiz Vinisius bilan bo'layotgan holatdan havotirdamiz, uning ham jahli chiqqan. U tizzasida noqulaylik sezgani uchun bir necha kun mashg'ulot qilmadi.

"Mestalya"da bo'lgan ishlar nafaqat bu yerda, balki, "Malorka" hamda "Valyadolid"ga qarshi o'yinlarda ham bo'lgandi. Har kunlik haqoratlardan charchadik. Zaxira o'rindig'idagi futbolchilarni ham ko'p haqoratlashmoqda.

Bu shunchaki haqorat emas. Bu yo'lni o'zgartirish kerak. Barchamiz futbolni sevamiz. LaLiga va Federatsiya nima qilishini kuzatib boramiz. Vinisiusni o'yingacha 2 soat davomida haqorat qilib turishdi", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal