Ana xolos! "Andijon" va "Surxon" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 fev 2023, 16:49
O'zbekistonda qishki transfer oynasi tugashiga 1 kun qoldi.

15 fevral kuni klublarimiz so'nggi o'tishlarni amalga oshirishadi va futbolchilarni PFLdan ro'yxatdan o'tkazishadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Andijon" va "Surxon" klublarining PFL oldida katta qarzdorligi mavjud. Bu degani esa mazkur jamoalar yangi mavsum uchun o'z futbolchilarini PFLda ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin. Yani ularda bir kun muddat qoldi xolos.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda har ikkala klub ham Turkiyada xorijiy yig'inni o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia