Ana bo'lmasa! "Bavariya"ga Zorro murabbiyning nomzodini taklif qilishdi

Tolibjon Qosimov
7 dek 2017, 17:12
"Shaxtyor" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Bavariya" bosh murabbiyligiga nomzodlar ro'yxatiga kirdi.

Myunxenliklarning hozirgi murabbiy Yupp Xaynkes bilan shartnomasi 2018 yil yozgacha mo'ljallangan.


"Bild" nashrining ma'lum qilishicha, 44 yoshli mutaxassisning nomzodini nemis klubi rahbarlari Karl-Xaync Rummenige va Xasan Salixamidjichga taklif qilishdi.


Eslatib o'tamiz, kecha tunda bo'lib o'tgan YCHL 6-turi doirasidagi bahsda Paulo Fonseka boshchiligidagi "Shaxtyor" "Manchester Siti"ni mag'lub etdi (2:1) va "Napoli"ni ortda qoldirib pley-offga chiqdi. Jamoasi keyingi bosqichga chiqqanidan so'ng, Fonseka oldinroq bergan vadasini bajargan holda o'yindan keyingi matbuot anjumaniga Zorro libosida keldi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bild.de