Allegrining keyingi jamoasi deyarli ma'lum

27 sen 2019, 21:25
"Yuventus" sobiq murabbiyi Massimiliano Allegri PSJ bosh murabbiyligi lavozimiga nomzodlar qatorida yetakchilik qilmoqda, deya xabar bermoqda La Gazetta dello Sport nashri.

Parij klubi rahbariyati mavsum boshidagi ikkita mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiyni almashtirish haqida o'ylay boshladi. Tomas Tuxel boshchiligida PSJ Fransiya chempionatining 2-turida "Renn" (1:2), 7-turida "Reyms"ga (0:2) yutqazib qo'ygandi. 

Avvalroq, Allegri "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va "Real" jamoalarini boshqarishi mumkinligi haqida ma'lumot berilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: gazzetta.it