Allegri “Yuventus” bosh murabbiyligidagi so'nggi matbuot anjumanida nimalar dedi?

27 may 2019, 08:06
Allegri Turin klubidagi so'nggi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Men g'oliblardan tashkil topgan jamoani qoldirib ketyapman. “Yuventus” kelasi mavsum ham bemalol Italiya chempioni bo'lishi mumkin. Bu haqda yuz foiz bo'lmasa-da, kamida sakson foiz aniq deb gapirish mumkin. Men hech narsadan afsuslanmayman. Menga ushbu ajoyib jamoani qurishda yordam bergan barchaga rahmat. Jamoaning barcha a'zolariga - stadion maysasiga javobgar xodimlardan tortib, eng katta rahbarlargacha rahmat aytaman. “Yuventus” rahbariyati kaminaga har doim g'alabaga kerak bo'lgan resurslarni taqdim eta oldi”,-deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24