Alkantara “Liverpul” bilan shartnoma imzolashga rozilik bildirdi

Eldor Akmurzayev
16 avg 2020, 20:20
Tomonlar 4 yillik kelishuvga erishdi.

Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi Britaniyadan o'ziga uy topib qo'ygan va “Bavariya” bilan xayrlashishga tayyor turibdi. Bu amalga oshishi uchun faqatgina futbolchining transfer narxini kelishib olish qoldi.

Tyagoning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. U 2019/20 yilgi mavsumda klub libosida 37 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bor ishg'ol etishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport