Alisson: "Boshqa bunday xato qilmayman"

Aslanov Jasurbek
2 sen 2018, 07:50
"Liverpul" darvozaboni Alisson Beker "Lester Siti"ga qarshi APLning 4-tur uchrashuvidagi (2:1) xatosi haqida fikr bildirdi.

Ikkinchi bo'limda braziliyalik o'z jarima maydonchasi ichida raqibni aldashgan urinib to'pni oldirdi va gol o'tkazib yubordi.

"O'yinni o'qiy olmadim. Menga yomon pas berishdi. O'yindan so'ng bu haqida van Deyk bilan suhbatlashdik.

Ammo menda to'pni uzoqroqqa tepib yuborish imkoni bor edi. Men esa to'p bizda qolishini istadim. Hozir o'yinni tahlil qilish lozim. Bunday qo'pol xatoni boshqa takrorlamayman. Ulardan to'g'ri xulosa chiqarish kerak. Biroq bu o'yinning bir qismi" - deydi Alisson.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com