

Bugun Buxoroning "Buxoro" jamoasi "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahsda "Qizilqum" futbolchisi Alisher Sanoev jarohat oldi va maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Hozircha futbolchining sog'lig'i haqida hech qanday ma'lumot yo'q.
Uchrashuvda "Buxoro" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.




