Aleksandr Xomyakov: "Birgina vaziyat o'yin taqdirini hal qildi"

Aslanov Jasurbek
28 okt 2023, 19:59
"Andijon" hamda OKMK o'rtasidagi Superliganing 23-tur o'yinidan (0:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Aleksandr Xomyakov: "Bugun g'alabaga yarasha o'yin ko'rsatmadik, ammo mag'lubiyatga ham munosib emasdik. Birgina vaziyat o'yin taqdirini hal qildi. Bekmurodov hissiyotlarini jilovlay olmagani uchun uni almashtirishga majbur bo'ldim.

Bizda bor-yo'g'i bitta vaziyat bo'ldi, qanotlardan uzatmalar amalga oshirishga urindik. Umuman olganda ko'p vaziyat yarata olmadik. Markazni qo'ldan boy berdik. Tayyorgarlikda shu jihatga ko'proq e'tibor qaratgandik, futbolchilarimiz raqibnikidan ko'proq edi. Xulosa chiqaramiz, psixologik jihatdan bunday o'yin o'tkazmagandik".

- Bekmurodovga nima bo'ldi?

- Bahsga haddan tashqari ko'p tayyorgarlik ko'rib, "yonib ketgandir". To'qnashuvlarda agressivligi, jamoa bir kishi kam bo'lib qolmasligi uchun uni almashtirdim.

- Bugun jamoaga nima yetishmadi?

- Biz shoshildik, ayniqsa birinchi bo'limda. Raqib bizni yaxshi yopdi deya olmayman. Markaziy hududda ko'p shoshildik. Uzatmalar sonini oshirishimiz kerak edi. Asabiylik, shoshish, balki tajriba kamligi ham halal bergandir.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia