Aleks da Kosta: Yaqin orada shartnomam uzaytiriladi

Aziz Tukhtamuradov
4 apr 2014, 09:06
PSJ futbolchisi Aleks da Kosta kelajagi borasidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

O'ylaymanki, shu yoki kelasi haftada sizlar uchun yangiligim bo'ladi. Yaxshi yangilik.

Ozgina kutishga to'g'ri keladi. Undan keyin esa yana bir yillik shartnoma tuziladi, – deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Aleksning PSJ bilan shartnomasi 2014-yilning yoziga qadar davom etadi.

Avvalroq esa, futbolchiga "Milan" va "MYU" qiziqayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru