Alba: Faoliyatim oxirida eng yaxshi futbolchilar qatorida bo'lishni istayman

Tolibjon Qosimov
9 sen 2013, 13:00
“Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xordi Alba, uni dunyodagi eng yaxshi himoyachi deya tariflagan hamyurti Joan Kapedevil so'zlarini izohlab berdi.

“Kapdevil meni dunyodagi eng yaxshi qanot himoyachilardan biri deb o'ylaydi? Men yuksalishda davom etaman va faoliyatim oxirida eng yaxshi futbolchilar qatorida bo'lishga umid qilaman. Men omadliman, chunki “Barselona” va Ispaniya terma jamoasida o'ynayman. Ularning uslubi o'xshash va bu menga ko'proq hujum qilishga va gol urishga yordam beradi. Xerardo Martino boshchiligida o'ynashga keladigan  o'lsak, bu borada hammasi yaxshi ketayapti. U yuksak maqsadli murabbiy va biz uning aytganlarini bajarishga harakat qilayapmiz”, - deydi Alba.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com