Akmal Xolmurodov: ”Faqat muxlislar uchun o'ynadik”

Narzulla Saydullayev
16 avg 2016, 09:30
Oliy liganing 18-tur doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu bellashuvdan so'ng Jizzaxliklar himoyachisi Akmal Xolmurodov  o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Juda og'ir o'yin bo'ldi. Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushdik. Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Shuning hisobiga ham o'yinimiz qiyinlashdi. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Faqat muxlislar uchun o'ynadik.Muhimi 3 ochkoni qo'lga kiritdik.  Judayam xursandmiz – deydi Xolmurodov.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia