Fransiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi nominaciyasiga Pochettinoning nomzodi kiritilmadi

Narzulla Saydullayev
4 may 2022, 01:00
Muddatidan oldin qo'lga kiritilgan chempionlik ham murabbiyga yordam berolmadi.

Fransiya chempionatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi ushbu mavsumdagi eng yaxshi murabbiy nominaciyasiga da'vogarlar nomini e'lon qildi. Qizig'i shundaki, ushbu ro'yxatga PSJ bilan muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritgan Maurisio Pochettino kiritilmadi. 

Fransiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi nomi quyidagi murabbiylardan biriga nasib etadi:

Xorxe Sampaoli (Marsel);

Bryuno Jenezo (Renn);

Kristof Galte (Nicca);

Antuan Kombuare (Nant);

Jyulen Stefan (Strasbur).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Ligue1UberEats