Ahmedov: "Rossiyaga boshqa qaytmayman"

Aslanov Jasurbek
10 avg 2017, 11:34
"Anji" va "Krasnodar" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Shanxay SIPG" sharafini himoya qilayotgan Odil Ahmedov "Arsenal" va "Nicca"ga o'tishi mumkin bo'lgani haqida aytib berdi.

"2011 yilda "Arsenal"ga o'tishim mumkin edi. Men rozi edim, kim ham bunday klubda o'ynashni istamaydi? Ammo o'shanda "Anji" bilan shartnoma tuzdim va maxachkalaliklar meni qo'yib yuborishmadi. Chunki Yevropa darajasidagi klub yaratmoqchi edik.


Yana bir necha yil oldin APL klubidan taklif bo'ldi. Oldinroq esa "Nicca" meni chaqirdi. "Krasnodar" bu jamoa bilan Yevropa ligasida o'ynagan. Bu uchrashuvlarda fransiyaliklar meni kuzatgan bo'lsa kerak. Mavsum yakunlanishi bilan "Nicca" "Krasnodar"ga taklif bilan chiqdi.

Ammo, afsuski, "Krasnodar" bilan shartnomam bor edi, fransiyaliklar taklif qilgan pul esa Rossiya klubini qanoatlantirmadi. Buni tushunaman. Xitoyga o'tishim hammani qoniqtirdi - "Krasnodar"ni ham. O'z futbolchisini 500 mingga emas, balki 5 mln.ga sotgan yaxshiroq-ku, tug'rimi? Rossiyaga boshqa qaytmayman deb o'ylayman. "Shanxay"dan so'ng vatanimda o'ynashni istayman. To'g'risini aytsam, Xalk ham Rossiyaga qaytmasa kerak" - deydi Odil Ahmedov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 8news