A Seriya yozga qadar to'xtatilishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 mar 2020, 10:58
"Football Italia" nashri A Seriyaning to'xtatilishi borasida yoqimsiz ma'lumotni taqdim qildi.

Qayd etilishicha, A Seriya o'yinlari iyun oyida ham emas, iyul oyigacha to'xtatilishi mumkin ekan. Shunisi aniqki, may oyida ham chempionat boshlanmaydi.

Ayni damda Italiyadagi holat biroz og'irroq. O'tgan sutka davomida koronavirusga chalinganlar soni 700 insonga ko'paygan.

Bunga qadar A Seriyaning 26 turi o'tkazilgan va turnir jadvalida "Yuventus" karvonboshilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia