A Seriya. "Milan" bir kishi kam bo'lib qolgan autsayderni mag'lub qilolmadi

2 iyul 2020, 03:07
Italiya A Seriyasi 29-turida 7-o'rindagi "Milan" turnir jadvalining 19-pog'onasini band qilib turgan SPAL maydoniga safar uyushtirdi.

Uchrashuv mehmonlarning ustunligi bilan boshlandi. Shunga qaramay, o'yinning 30-daqiqasiga kelib, SPAL futbolchilari ikkita to'p farqi bilan oldinga chiqib olishgandi. Birinchi bo'lim oxirida uchrashuv bosh hakami SPAL futbolchisi D'Alessandroni maydondan chetlatdi. Ikkinchi bo'limni bir kishi ko'p bo'lib o'tkazgan "rossonerilar" qiyinchilik bilan bir ochko ishlab olishga muvaffaq bo'lishdi. Dastlab, zahiradan maydonga tushirilgan Rafael Leau 79-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 90+4-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan Vikari uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:2.

Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

SPAL – Milan 2:2 

2 iyul, 00.45, Paolo Macca

Gollar:

1:0 – 13 Valoti, 2:0 – 30 Flokkari, 2:1 – 79 Rafael Leau, 2:2 – 90, avtogol Vikari.

SPAL – Letica, Tomovich, Vikari, Sala, Bonifaci (Salamon, 67), D'Alessandro, Valdifori, Valoti (Missiroli, 46), Dabo (Chonek, 83), Petanya, Flokkari (Fares, 46; Espeto, 76).

Milan – Donnarumma, Teo (Laksalt, 65), Romanoli, Kalabriya (Rafael Leau, 46), Gabbiya, Kessie, Bennaser (Bonaventura, 70), Kastilexo (Salemakers, 17), Lukas Paketa, Chalxanoglu, Rebich (Ibragimovich, 65).

Ogohlantirishlar:

Valdifori (45), Letica (58), Dabo (83).

Chetlatish:

D'Alessandro (43).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia