A Seriya. Lautaro penaltini noaniq amalga oshirgan, 2ta qizil ko'rsatilgan Milandagi o'yinda “Inter” mag'lubiyatga uchradi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2020, 22:24
Italiya chempionatining 30-turi doirasidagi bahs yakunlandi.

Bellashuvda hisob “Inter” forvardi Romelu Lukaku tomonidan ochilganiga qaramay, yakunda g'alaba mehmonlarga nasib etdi. 

2-taym boshida “Bolonya” a'zosi Roberto Soriano raqibga qo'pollik ishlatgani uchun qizil olib, maydonni tark etdi. 62-daqiqada Lautaro Martines mehmonlar darvozasiga belgilangan penaltini noaniq amalga oshirdi. Bo'lim o'rtalarida esa Musa Juvara aniq zarbasi bilan o'rtadagi muvozanatni tikladi. Mazkur goldan biroz o'tib “neradzurrilar” himoyachisi Alessandro Bastoni ikkinchi sariqni oldi va o'yinni erta yakunladi.

80-daqiqada Musa Barrou Samir Xandanovichni ojiz qoldirib, bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi – 2:1.

Inter – Bolonya 1:2 (1:0, 0:2)

Juzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar: 1:0 – 22 Lukaku, 1:1 – 74 Djuvara, 1:2 – 80 Barrou.

Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Bastoni, de Vrey, Yang (Biragi, 85), Kandreva, Brozovich (Valero, 88), Galyardini (Vesino, 88), Eriksen (Sanches, 75), Martines (Espozito, 85), Lukaku.

Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Densvil, Tomiyasu (Bani, 65), Deyks, Sxauten, Dominges (Baldursson, 88), Orsolini (Palasio, 65), Soriano, Sansone (Djuvara, 65), Barrou (Svanberg, 85).

Ogohlantirishlar: Larangeyra (15), Bastoni (41), Palasio (78), Djuvara (79), D`Ambrozio (90).

Chetlatishlar: Soriano (57), Bastoni (77).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia