6 jamoa "Nyukasl"ni joyiga tushirib qo'ydi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2024, 11:44
"Nyukasl" APL doirasidagi so'nggi 7 o'yinning 6tasida mag'lub bo'ldi.

Eddi Xau boshqaruvidagi jamoa 21-turda "Manchester Siti"ga yutqazdi.

7 dekabrdan buyon "qarg'alar" chempionatda "Everton"ga 0:3, "Tottenxem"ga 1:4, "Luton"ga 0:1, "Nottingem Forest"ga 1:3 va "Liverpul"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Yagona g'alaba "Fulxem" bilan o'yinda kuzatildi - 3:0.

"Nyukasl" kechagi mag'lubiyatdan keyin 9-o'rinni ham boy berdi va 10-o'ringa tushdi.

Kelasi turda jamoa 30 yanvar kuni "Aston Villa" maydoniga safar uyushtiradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia