"Nyukasl" bosh murabbiyi hakamlikni jiddiy tanqid qildi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2024
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindagi hakamlikni jiddiy tanqid qildi.

Kecha "qarg'alar" Mersisaydda 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Unda mehmonlar darvozasiga ikki marta penalti belgilandi.

"Ikkinchi holatda penalti bo'ldi deb hisoblamayman. Bunday paytda penalti qo'yilmaydi. Martin Dubravka qo'lini tortib oldi. Jota esa ikki qadam tashlab yiqildi. Fikrimcha, bu penalti emasdi.

Hatto birinchi epizodda ham penalti yo'q edi. Unda kontakt minimal darajada bo'lgandi", - dedi Xau.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuvni mavsumda eng ko'p xato qilgan Entoni Teylor boshqarib bordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal