371 daqiqa o'z darvozasi daxlsizligini saqlagan “Xaddersfild” 5 daqiqada 2ta gol o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2017, 02:11
Angliya Premer-ligasining 3-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Londonning “Vest Xem” jamoasi o'z maydonida “Xaddersfild” ustun (2:0) keldi. Obiang va Ayyu kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. "Xaddersfild" 371 daqiqa davomida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab kelayotgandi. Jamoa qandaydir 5 daqiqa ichida 2ta gol o'tkazib yubordi.  

Angliya chempionati. 4-tur

Vest Xem – Xaddersfild 2:0 (0:0, 2:0)

12 sentyabr, 00.00. “Olimpiya stadioni”

Gollar: 1:0 – 72 Obiang, 2:0 – 77 Ayyu.

“Vest Xem” – Xart, Rid, Fonte, Kressuell, Kollinz, Obiang (Rays, 90), Kuyate, Antonio, Sabaleta, Ernandes (Ayyu, 64), Kerroll (Sako, 82).

“Xaddersfild” –  Lessl, Yorgensen, Leve (Meloun, 63), Smit, Shindler, Ins, Billing (Depuatr, 83), van La Parra, Muy, Kachunga (Sabiri, 75), Mune.

Ogohlantirishlar: Yorgensen (25), Billing (45), Sabaleta (49).



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif