2023 yilgi Osiyo Kubogi qayerda o'tishi aniq bo'ldi

Narzulla Saydullayev
16 may 2019, 12:35
To'rt yildan keyin navbatdagi Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqani qabul qilish uchun hozirga qadar ikki mamlakat Xitoy va Janubiy Koreya da'vogar edi.

Biroq kecha, 15 may kuni Janubiy Koreya o'z arizasini qaytarib oldi va da'vogar bitta qoldi. Koreya butun e'tiborini 2023 yilgi ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatini qabul qilishga qaratishni maqul ko'rdi.

Shu tariqa navbatdagi Osiyo Kubogi Xitoy mamlakatida bo'lib o'tishi deyarli aniq bo'ldi. Bu haqda rasman 4 iyun kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida FIFA 69-kongressi chog'ida e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, Xitoy 2023 yilgi musobaqani 9ta shahardagi stadionlarda qabul qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 2004 yilgi Osiyo Kubogi ham Xitoyda bo'lib o'tgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia