2016 yilda bo'lib o'tadigan Olimpiadada yana Buyuk Britaniya terma jamoasi ishtirok etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 mar 2015, 16:12
2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiadada futbol bo'yicha o'rtasida Buyuk Britaniya terma jamoasi ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2012 yilda Londondagi Olimpiada o'yinlarida Buyuk Britaniya terma jamoasi 1960 yildan beri ilk bor qo'shma jamoa bo'lib o'ynagan.

Xabarlarga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaga yana Olimpiadada bir jamoa bo'lib o'ynash taklifini yuborgan. Bu safar jamoa saralash bahslaridan boshlashiga to'g'ri keladi. Britaniya olimpiya qo'mitasi bu taklifga rozi bo'ldi. Javoblar yaqin vaqt ichida aniq bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com