20 may kuni Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi e'lon qilinadi

Aslanov Jasurbek
1 may 2018, 13:11
Sky Sports Italy nashrining xabar berishicha, 20 may kuni Italiya futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasining yangi bosh murabbiyini e'lon qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Zenit" ustozi Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi. Mutaxassis va federatsiya bu borada kelishib olishgan. Manchini ikki yillik shartnomaga imzo chekadi. "Zenit" prezidenti Sergey Fursenko bu ishlardan mamnun emas, ammo italiyalik mutaxassis Rossiya klubi rahbariyati bilan kelishib olishga ishonadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italy