"Lokomotiv" "Andijon" futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin

Narzulla Saydullayev
28 dek 2017
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo'lgan "Lokomotiv" klubi yangi mavsum uchun birinchi xaridni amalga oshirishga yaqin.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" "Andijon" klubi yarim himoyachisi Farhod Bekmurotov bilan kelishuvga erishishgan. 1994 yilda tug'ilgan futbolchi 2015-2016 yillarda oliy ligada jami 33ta o'yin o'tkazib 2ta gol urdi. 2017 yilgi mavsumni esa u jamoasi bilan birga birinchi ligada o'tkazdi. 

Farhod Bekmurotov kuni kecha "Lokomotiv" klubining taqdirlash marosimida ham qatnashdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia