"Nasaf" futbolchisi "Paxtakor"ga o'tishga yaqin

Qarshining "Nasaf" jamoasi chap qanot vingeri Farruh Sayfiev kelasi mavsumda o'z klubini o'zgartirish ehtimoli yuqori.

"Paxtakor" klubi o'tgan mavsum o'rtasidan buyon "Nasaf"ning chap qanot vingeri Farruh Sayfievga jiddiy qiziqib kelmoqda.

Ayni paytda futbolchi va klub o'rtasida muzokara ketmoqda.

Joriy yil "Nasaf" bilan shartnomasi tugayotgan Farruh Sayfiev kelasi mavsumdan "sherlar" a'zosiga aylanishi mumkin.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Paxtakor" Sayfiev bilan og'zaki kelishuvga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Farruh Sayfiev 2013 yildan buyon "Nasaf"ning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.


Oliy liga: Qishda amalga oshishi mumkin bo'lgan "qaynoq" transferlar o'ntaligi (TOP-10)


Manba: championat.asia