Neymar 13 avgust kuni PSJ safida debyut qilishi aniq bo'ldi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2017, 17:12
PSJ hujumchisi Neymar "Gengam"ga qarshi bo'lib o'tadigan Fransiya chempionatining 2-tur uchrashuvida parijliklar safida debyut qilishi mumkin.

"Barselona" PSJga futbolchining transferini tasdiqlovchi barcha kerakli hujjatlarni yubordi. Shunday qilib, Neymar ikkinchi turda maydonga tushishi mumkin. "Gengam" - PSJ uchrashuvi 13 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Oldinroq "Barselona" hisobiga 222 mln. evro tushgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com