

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidovga arab davlatlarining bir qator klublaridan taklif bo'layotgan edi. Sardor Rashidov 15 iyun kuni BAAning "Al Jazira" klubiga transfer qilindi. Rashidov "Al Jazira" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda Rashidovning o'zi championat.asia saytiga ma'lum qildi.
Takidlash kerakki, shuningdek Fransiyaning "Marsel" jamoasida to'p tepgan Lassana Diarra ham Rashidov bilan bir jamoada to'p tepadi. Eslatib o'tamiz, "Al Jazira" dekabr oyida BAAda o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.




