Zyule: "Bavariya" "Liverpul"dan o'ta olishiga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
18 dek 2018, 13:39
"Bavariya" himoyachisi Niklas Zyule Chempionlar ligasi 1/8 finaliga tashlangan qur'a natijasi haqida fikr bildirdi.

Nemis grandi bu bosqichda "Liverpul"ga qarshi o'ynaydi.

"Buyuk jamoa , kuchli futbolchilar va ajoyib stadion. Bahs qiyin bo'ladi. Birinchi uchrashuvda yaxshi natijaga erishishimiz kerak. Keyingi bosqichga o'tishimizga ishonaman. Roberto Firminoga qarshi o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Zyule.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 2019 yilning 19 fevral, javob o'yini esa 13 mart kuni Germaniyada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de