Zukko muxlis tanlovi #4. "Bahodirmirzo" g'olib

Narzulla Saydullayev
17 okt 2013, 16:07
Kecha saytimizda Zukko muxlis tanlovining to'rtinchisi bo'lib o'tdi.
Birinchi bor test ko'rinishida bo'lib o'tgan tanlovda ko'plab ishqibozlar ishtirok etishdi. Hech kim barcha beshta savolga aniq javob bera olmadi. "bahodirmirzo" nikidagi ishtirokchimiz to'rtta savolga to'g'ri javob bera olgan. Shu bois bu ishtirokchini g'olib deb e'lon qilamiz.

bahodirmirzo :

1. A
2. S
3. A
4. A
5. S



Keyingi chorshanba kuni odatga ko'ra Zukko muxlis tanlovi bo'lib o'tadi. Saytni kuzatib boring va tanlovda ishtirok etib sovringa ega bo'ling. G'olibimizni sayt mamuriyati bilan bog'lanishini so'raymiz. Unga odatga ko'ra FIFA.UZ logotipi tushirilgan futbolka taqdim etiladi.

Quyida esa to'g'ri javoblar bilan tanishib oling:

Zukko muxlis tanlovi # 4:
1.  Klublarimiz ishtirok etgan Osiyo kuboklarida bir o'yinda uch va undan ko'p gol urgan futbolchilar qaysi punktda to'g'ri ko'rsatilgan?

B) Anvar Soliev, Rustam Do'rmonov, Ravshan Bozorov, Oleg Shackix, Odil Ahmedov.

2.  Klublarimiz ishtirok etgan Osiyo kuboklarida bir o'yinda eng ko'p gol urgan futbolchi qaysi punktda to'g'ri ko'rsatilgan?
S) Shuhrat Maqsudov.

3.  Klublarimiz ishtirok etgan Osiyo kuboklarida o'z darvozasini ishg'ol etgan futbolchilar qaysi punktda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) Shukrali Po'latov, Kaxi Maxaradze, Ilhom Suyunov, Boyan Miladinovich.

4.  Klublarimiz ishtirok etgan Osiyo kuboklarida eng ko'p gol urgan futbolchi qaysi punktda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) Anvar Soliev

5.  Klublarimiz ishtirok etgan Osiyo kuboklarida eng ko'p o'yin o'tkazgan darvozabon qaysi punktda to'g'ri ko'rsatilgan?
S) Ignatiy Nesterov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia