Zoran Marushich va Muhammadali G'iyosov - "Neftchi" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2024, 22:19
"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

O'tgan mavsum "So'g'diyona"da o'zini ko'rsatgan Vladimir Yovovich farg'onaliklar safiga o'tdi. So'nggi mavsum jizzaxliklar safida barcha turnirlarda 28ta bahsda maydonga tushgan Yovovich 10ta gol urib, 10ta golli pas bergan.


Oxirgi mavsum "Nasaf" bilan Superliga chempioniga aylangan Zoran Marushich faoliyatini "Neftchi"da davom ettiradi. Bundan tashqari, "Qizilqum" sobiq yarim himoyachisi Muhammadali G'iyosov Farg'ona klubi bilan bitimga imzo chekdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/pfcneftchi_uz