Zoir To'raqulov "Sho'rtan" murabbiylar shtabida qoladi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2013, 10:03
Bugun "Sho'rtan" klubi rahbariyati, xodimlari va murabbiylari ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bu "Sho'rtan" klubi matbuot xizmati saytimizga xabar berdi. 

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Bosh murabbiy Zoir To'raqulov o'z vazifasidan ozod etildi. Uni o'rniga asli g'uzorlik bo'lgan, 2004 yildan buyon darvozabonlar murabbiyi lavozimida ishlab kelgan, A licenziyasiga ega bo'lgan Erkin Mirzaev vaqtinchalik bosh murabbiylik vazifasini bajaradi.

Zoir To'raqulov klub murabbiylar shtabida qoldi. U endi yordamchi murabbiy vazifasini bajaradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia