“Sho'rtan” murabbiylari ixtiyoriga barcha futbolchilar sog'-salomat holda yetib kelishdi. Dastlabki kuni Zoir To'raqulov o'z shogirdlari bilan kechki mahal bir martalik mashg'ulotlarni o'tkazdi. Mashg'ulot avvalida bosh murabbiy futbolchilar bilan qisqacha suhbatlashib, jamoa oldida turgan muhim vazifalar to'g'risida fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.
- “Eng birinchi galda futbolchilarning ruhiy holatiga e'tibor qaratdim. Shogirdlarimning barchasi yaxshi kayfiyatda ekanligi va ular “Sho'rtan” oldida turgan dolzarb vazifa - oliy ligada qolish masalasiga jiddiy qarayotganliklarini meni xursand qildi. Buxoroda o'tgan so'nggi uchrashuvda garchi, mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, undagi o'yin mazmuni va sifati murabbiy sifatida meni qoniqtirdi. Va shu sababli yigitlarga ana shu ruhdagi shijoatni saqlab qolish kerakligini ta'kidladim. Ularga rahmat aytdim. Ayni paytda bizni biroz omadsizlik taqib qilmoqda. Hammamiz birlashib, bor kuch va e'tiborimizni maqsad sari qaratsak, shubhasiz ko'zlagan niyatimizga etamiz.
Tayyorgarlik jarayoniga kelsak, bu yog'iga endi ortga yo'l yo'q. Bu degani esa – “Sho'rtan” uchun chempionatda qolgan har bir uchrashuv qadri oltinga teng bo'ladi. Oldimizda turgan o'yinlarning barchasi muhim, birortasini oson toifaga ajratib bo'lmaydi. Shu bois biz ana shu o'yinlarning barchasida maksimal natijaga erishishga intilamiz. Buning uchun navbatdagi uchrashuvga qadar kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni tashkillashtiramiz. “Bunyodkor” bilan bo'ladigan uchrashuvga qadar bitta sinov nazorat o'yinini o'tkazishni ham rejalashtirganmiz. Tarkibda muammolar yo'q. Hammaning sog'ligi va jismoniy funkcional holati ko'ngildagidek. Yigitlarning barchasi kurashga chanqoq turishibdi” – dedi “Oq bo'rilar” jamoasi bosh murabbiyi.