Zlatan rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
2 avg 2020, 10:19
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning 38-turida "Kalyari"ga qarshi bahsda gol urishga erishdi.

Shvetsiyalik forvard turnirdagi 10-golini kiritdi. Bu pallada u 38 yosh 302 kunlik edi. Shu orqali u turnirda 10+ gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Zlatan "Milan" tarkibida 18 o'yinda 10 gol va 5 assist qayd etdi. U yaqin vaqtlar ichida klub bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka