

"Ibra nimanidir yutish uchun o'ynaydi, aks holda uning uyda qolgani maqul. Menga faoliyatimini AQSHda tugatish juda osonligini aytishdi, shu tufayli "Milan"ga qaytdim. Men bu erga faqat ishtiyoqim sabab keldim. Koronavirus tufayli musobaqalar to'xtagach, odamlar men faoliyatimni tugatishim haqida o'ylagan bo'lsalar kerak.
Yo'q, Ibra futbol o'ynash uchun tug'ilgan, u hamon futbolda eng yaxshisi. O'zimni qanday his qilayotganim to'g'risida 2 oydan keyin gaplashamiz.
Klubdagi vaziyatga e'tibor qarating. Agar ahvol shundayligicha qolsa, meni keyingi mavsum "Milan"da ko'rishingiz dargumon.
Ibra – Yevropa Ligasida o'ynaydigan futbolchi emas, "Milan" ham bu turnirda ishtirok etishi kerak bo'lgan jamoa emas", – dedi yaqinda 39 yoshga to'ladigan shvetsiyalik hujumchi.

Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.



