Zlatan Ibragimovich: Yoshligimda Ronaldoga o'xshashni istardim

Narzulla Saydullayev
13 noya 2016, 12:21
Manchester Yunayted hujumchisi Zlatan Ibragimovich yoshligida Braziiya terma jamoasi hujumchisi Ronaldoga havas qilganini aytib o'tdi.

- Oldinroq siz Ronaldo - barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb aytgansiz. Uning qanday jihatlari bor edi?

- Menimcha Ronaldo fenomenal o'yinchi edi. U qanday harakat qilmasin doim bitta gap aytardim: Vau! Qiyin ishlarni mo'jizaviy tarzda ijro qilardi.

Bunday futbolchi oldin bo'lmagan hozir ham yo'q. Yoshligimda uning o'yinlarini tomosha qilib o'zimga shunday derdim: Aynan shunday futbolchi bo'lishni istayman.

- Siz urgan eng chiroyli gol?

- Bu oson, akrobatik tarzda Angliyaga urgan golim, - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com