Zlatan Ibragimovich dekabrda APLning eng zo'ri

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2017, 16:38
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti Angliya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich 2016 yilning eng so'nggi oyida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Ibragimovich ushbu oydagi 6 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.


"Men buyuk klubda buyuk murabbiy va buyuk futbolchilar bilan o'ynayapman" - deydi Zlatan Ibragimovich.

Avvalgi oylarning eng yaxshi futbolchilari:

Avgust - Raxim Sterling ("Manchester Siti")

Sentyabr - Son Xyon Min ("Tottenxem")

Oktyabr - Eden Azar ("Chelsi")

Noyabr - Diego Kosta ("Chelsi")

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia