Zinedin Zidan Barselonadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2017, 09:57
Real ustozi Zinedin Zidan International Champions Cup doirasidagi Barselonaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.

Biz o'yin boshida ikkita gol o'tkazib yubordik. Keyin vaziyatlar yaratdik, ammo umumiy olganda yaxshi o'ynadik deya olmayman.

Barselona bilan bir necha kundan so'ng yana o'ynaymiz. Bugun ko'p yakkakurashlarda yutqazdik, bu bizga xos emas.

Bunday natijalar kutmagandik, ammo hozir mavsumga tayyorgarlik. Asosiysi – 8 avgustga (Yevropa Superkubogi uchun MYUga qarshi o'yin) tayyor bo'lishimiz. Ijobiy va salbiy jihatlarni ko'rdim, tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Mag'lubiyatlar meni tashvishga solmayapti. Ha, mag'lub bo'lish doim yoqimsiz, ammo hali mavsum boshlanmadi. Biz yanada yaxshiroq o'ynashimiz darkor, - deydi Zidan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com