Zinchenko: "Bolaligimda "Barselona"da o'ynashni orzu qilganman"

Alisher
27 fev 2020, 12:15
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko bolalikda qaysi jamoada o'ynashni orzu qilganini aytdi.

"Bolaligimda "Barselona"da o'ynashni orzu qilganman, ammo hozirda dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida o'ynayapman. Bu yerda esa boshqa joyga ketish niyatim yo'q.

Men haqiqatdan ham hozirda baxtliman. Dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan birga o'ynamoqdaman va shug'ullanmoqdaman", - deydi Zinchenko.

Eslatib o'tamiz, ukrainalik futbolchi "Siti" tarkibiga 2016 yilda "Ufa"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru