

Bu haqda klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan ma'lum qildi.
"Xames "Real"da to'p tepadi va uning "Reyms"ga qarshi harakatlaridan mamnunman. Rodriges "Real"da qolishini takrorlashdan charchadim. Javobim o'zgarmaydi" - deydi Zidan.
Oldinroq fransiyalik mutaxassis Kolumbiya terma jamoasi futbolchisidan norozi ekanligi va unga ishonmayotgani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.



