Zidan "Real"ning yangi hujumchi sotib olishi borasidagi savolga javob berdi

Alisher
23 dek 2019, 11:30
Ispaniya matbuoti yanvarda Luka Yovichning o'rniga boshqa hujumchi kelishi borasida bong urmoqda.

Zidan esa serbiyalik futbolchini jamoadan ketishini tasdiqlamadi. Uning so'zlariga ko'ra, "Real" hujum chizig'i bo'yicha mavsumni shu tarkibda yakunlaydi.

"Hujumchi sotib olish uchun hech qanday ehtiyoj sezmayapman", - deydi Zidan.

Eslatib o'tamiz, Karim Benzema joriy mavsum 12ta gol urishga erishdi. Luka Yovich esa raqib darvozasini bir marta ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal