Zidan “Real” tarixiga kirdi

19 dek 2019, 08:50
“Real” La Liga 10-turining qoldirilgan uchrashuvida “Barselona” bilan safarda 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Kamp Nou”da o'tgan o'zining dastlabki beshta o'yinida umuman mag'lub bo'lmadi. “Barselona” maydonida Zidan qo'l ostidagi “Real” 2 ta bahsda g'alaba qozongan va 3 ta o'yinda durang qayd etgan. Shu tariqa Zinedin bunday natijaga erishgan “Real” tarixidagi ilk murabbiyga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/MisterChip