Zidan: "Real" La Ligani yutmoqchi. Oxirigacha kurashamiz"

Aziz Tukhtamuradov
1 may 2021, 08:02
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Ligadagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

"Asosiysi - imkon qadar ko'proq ochko to'plashdir. La Liga chempionligi uchun to'rt jamoa kurashmoqda. Mavsum oxirigacha shunday bo'lib qoladi. 

Xar bir mayda detal ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Poygada to'rtta jamoa bor. Biz chempion bo'lish uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz. 

La Liga qiyin musobaqa. Oxirigacha shunday bo'lib qoladi. Raqiblarimiz mag'lubiyatga uchrashlaridan zavq olmayman. Biz oxirigacha kurashmoqchimiz. 

Bor e'tiborimizni "Osasuna" bilan o'yinga qaratganmiz", - dedi fransiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca